"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Tashqi reklama va yozuvlarning davlat tiliga moslik darajasi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qaror ijrosi bo‘yicha Olot tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Samatov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Olot tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi S.Samatov grafik asosida barcha ko‘chalarda o‘rnatilgan yozuvlarni o‘rganib, ma’nan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan, imloviy xatoliklari mavjud hamda davlat tili qoidalariga rioya qilinmagan tashqi reklama lavhalarini davlat tili to'g'risidagi qonun talablariga mos ravishda chiqartirish masalasida tadbirkorlarga tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishdi.  





Bugun, tuman markazida joylashgan tadbirkorlik savdo dokonlari va boshqa obeyktlardagi tashqi reklama yozuvlar organildi. O‘rganish natijalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi hamda ma’nan eskirgan, qonun talablariga javob bermaydigan tashqi reklama vositalari hamda yozuvlar joyida olib qo‘yildi va qonun talablariga mos keluvchi tashqi reklama vositalari o‘rnatildi.

 

 

Olot tumani tumani hokimi maslahatchisi F. Samatov.


 

 

 

 

17.08.2022 347