- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- QONUN IJROSI NAVOIYDA TAʼMINLANMOQDA
QONUN IJROSI NAVOIYDA TAʼMINLANMOQDA
Bugun Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi doirasida viloyatda geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tashkil etish, tuman va shaharlarda amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan seminar-mashgʻulot tashkil etildi.
Seminarda tarixiy kelib chiqishga ega aholi punktlari nomlari, geografik obyektlarni toʻliq davlat reyestrga kiritish masalalari muhokama qilinib, viloyatdagi 330 ta mahallalarning aniq chegarali, koʻchalari toifalarga ajratilgan sxematik xaritalarini yaratish boʻyicha tushunchalar berildi.
Ishchi
guruh tomonidan tuman va shaharlar kesimida geografik obyektlar roʻyxati,
mahallalarning sxematik xaritalari alohida-alohida koʻrib chiqildi. Mavjud
kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.