"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘z tilimizni hurmat qilaylik!

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida Kogon shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, shahar ichki ishlar bo‘limi masʼul xodimi hamda "Temiryo‘lchi" mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamkorligida Buxoro temir yo‘l vokzali atrofida joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari peshtoqida o‘rnatilgan tashqi yozuvlar, peshlavhalar, eʼlonlar, reklama va ko‘rgazmali axborot matnlari o‘rganildi.

 

O‘rganish davomida Buxoro temir yo‘l vokzali atrofida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib “Davlat tili haqida”gi Qonun talablariga rioya qilish tushuntirildi.

 

Qonun talablariga javob bermaydigan, maʼnan eskirgan, xorijiy tilda yozilgan yozuvlar olib tashlandi va tadbirkorlarga kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha tavsiyalari berildi.

 

Dilbar Sharipova,

Kogon shahar hokimining maslahatchisi
17.09.2020 627