"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Nodirabegim nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida til siyosatini takomillashtirishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi

Nodirabegim nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida til siyosatini takomillashtirishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi

Namangan shahridagi Nodirabegim nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Prezidentning o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeyini oshirish, til siyosatini takomillashtirishga qaratilgan farmonlari ijrosini viloyatda taʼminlashga oid yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shahar-tumanlar hokimlarining maslahatchilari, shahar va tuman xalq taʼlimi bo‘limlarining davlat tilida ish yuritish bo‘yicha metodistlari, Yozuvchilar uyushmasi, AOKB vakillari hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish viloyat markazi mutasaddilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda sohada amalga oshirilayotgan ishlar, muammo va kamchiliklar qayd etilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida Davlat tilini rivojlantirish departamentining tavsiya va ko‘rsatmasiga muvofiq 5 tomdan iborat “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Davlat tilida ish yuritish qo‘llanmasi”ning yangi to‘ldirilgan nashri, “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun qo‘llanma”, “Xalqaro termin elementlarining izohli-illyustrativ lug‘ati” va “So‘z xiyoboni” kitoblari mutasaddi rahbarlarga topshirildi.



Nodirabegim nomidagi viloyat
axborot-kutubxona markazi

12.12.2020 550