"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi: tuman hokimligida ish yuritish lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tmoqda

Navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi: tuman hokimligida ish yuritish lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tmoqda

Samarqand viloyati Bulungur tuman hokimligida navbatdagi siyosiy, iqtisodiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligining barcha rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv soatida tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gʻayratjon Shamanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berib o‘tdi. 

Shuningdek, hokim maslahatchisi tuman hokimligi boshqaruv hamda mas’ul xodimlaridan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olingan insho natijalarini e’lon qilib, hokimlikning eng kam hamda eng ko‘p imlo xatolarga yo‘l qo‘ygan boshqaruv xodimlariga lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilgan badiiy kitoblar topshirdi.


Gʻayratjon Shamanov,
Bulungur tuman hokimi maslahatchisi

27.06.2021 584