"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlari ishtirokida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlari ishtirokida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

    

    Joriy yilning 11-fevral kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlari ishtirokida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda vazir maslahatchisi Obiddin Maxmudov so‘zga chiqib, ushbu buyuk shaxslarning boy adabiy merosi va uning hozirda o‘rganilishi haqida, shuningdek, bugungi kundagi ahamiyati borasida gapirdi.

    Teatrda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi. Asar o‘zbek adabiyotining sara tarixiy ‎romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, ‎temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ‎ko‘targan og‘a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. Temuriylar o‘rtasidagi nizolar sababli yuzaga kelgan qonli ‎urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida sillasi butkul qurigan ‎xalqning g‘oyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar temuriylarni Shayboniyxon ‎qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi.‎

    Ushbu spektakl orqali qatnashchilar ma’naviy ozuqa olish bilan birga, tarix haqida ham qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

14.02.2024 195