"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“RAMAZON” SOʻZINING MAʼNOSI

Ramazon soʻzini arablar qadimdan kelayotgan lugʻatlaridan olganlar. Hijriy taqvimning toʻqqizinchi oyi boʻlmish Ramazon ilk bor shiddatli jazirama issiq kunlariga, kuydiradigan haroratli kunlarga toʻgʻri kelgani uchun “Ramazon” deb atalgan. Ramazon degani “ramz” soʻzidan olingan boʻlib, “qizimoq”, “qizib choʻgʻ boʻlmoq”, “kuydirmoq” maʼnolaridadir. Jazirama issiqda qolgan qoʻylar kuyib, qorayib, oʻlib qolar ekan.

Shuning uchun mazkur oyda roʻza tutgan odamning gunohlari kuyib, yoʻq boʻladi, aybu nuqsonlari Ramazonning savoblari jilolanib turgan muborak quyoshida oʻlib ketadi, degan tushuncha paydo boʻlgan.

Ramazon roʻzasi Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilganlarining ikkinchi yilida Shaʼbon oyidan ikki kecha oʻtganidan soʻng dushanba kuni farz qilindi. Bu milodiy 623-yilning 7-fevraliga toʻgʻri kelsa kerak, degan taxminlar bor.

Shaʼbon oyi tugashi bilan Paygʻambar alayhissalom boshliq musulmonlar ilk Ramazon roʻzasini tuta boshladilar. Bu kunlar juda issiq edi. Aytganimizdek, Ramazon ham “juda issiq”, “kuydiradigan issiq” deganidir. Shoyad, Ramazonda roʻza tutganlarning gunohlari kuyib yoʻq boʻlsa!

 

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam 9 yil Ramazon roʻzasini tutganlar.

21.04.2022 508