"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Navoiyni har kim, har kuni o‘qishi kerak!

Bugun ushbu shior ostida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ma'naviy-ma'rifiy mashg‘ulotlar doirasida Navoiyxonlik tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, vazirlik Markaziy apparatida tashkil qilingan dars soatiga taniqli adabiyotshunos, professor, “Naqshbandiya” jurnali bosh muharriri, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Sultonmurod Olim taklif etildi. Mashg‘ulotni vazirlik Birlashgan tahririyati bosh muharriri Azamat Suyunov ochdi va olib bordi.

Ma'ruzachi o‘z so‘zida ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hayoti hamda ijodi, uning davlat, xalq manfaatlari yo‘lidagi fidoyiligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shoirning yaratgan asarlari va ularning hayotiyligi, qimmati asrlar o‘tsa-da o‘z mazmun-mohiyatini yo‘qotmaganligi, aksincha dunyo xalqlarini ezgu umuminsoniy g‘oyalar sari chorlab turishini qiziqarli tahlillar, kuzatishlar, hayotiy misollarga tatbiq etgan holda izohlab berdi.

Mashg‘ulot yakunida Sultonmurod Olim, shoir va jurnalist Azamat Suyunovlar o‘z she'rlaridan o‘qib berdilar. Tadbir ajoyib mushoira tusini olib, ishtirokchilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

fvv.uz saytidan olindi

05.02.2021 452