"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Farg‘ona viloyatida davlat tilini rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Farg‘ona viloyatida davlat tilini rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

2022-yil 14-iyun kuni aholining ma’naviy va kitobxonlik darajasini yuksaltirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini yanada ommalashtirish, ularning mutolaa va nutq madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish maqsadida Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazida markaz xodimlari hamda o‘rta ta’lim maktablarining kutubxona xodimlari ishtirokida “Kasbiy faoliyatni takomillashtirish omillari: kitobxonlik madaniyati, nutq madaniyati, shaxsiy rivojlanish” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi F.Mamajonov, Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori H.Shermatovalar qatnashdilar.

Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan joylarda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishish maqsadida “Navroz”  mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish o‘tkazildi.



Buvayda tuman “Qo‘ng‘irot” mahalla fuqarolar yig‘inida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tilishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosi yuzasidan ish yuritish hujjatlarining holati monitoring qilindi.

Furqat tumanida “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida mahalla raislari bilan nomi takrorlangan 143 ta ko‘chalarning nomini o‘zgartirish, nomsiz ko‘chalarni nomlash borasida qator ishlar amalga oshirilib, Ekspert komissiyasiga takliflar tayyorlandi.



“Geografik obyektlarining nomlari to‘g‘risidada”gi va “Davlat tili haqida”gi Qonunlar ijrosi yuzasidan Quva tuman “Qayirma”, “Go‘zal”, “Ittifoq”, “Iftixor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish o‘tkazildi.

Qo‘qon shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga  bosqichma-bosqich to‘liq o‘tilishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosi yuzasidan ish yuritish hujjatlarinining holati monitoring qilindi, amaliy yordam ko‘rsatildi.

 

S.Tongotarova,

Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi

15.06.2022 324