"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat tili mavqeyi va nufuzini oshirish bo'yicha o'quv-seminar bo'lib o'tdi

Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 20-oktabrida “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida joriy yilning 13-oktabr kuni “Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish” mavzusida oʻtkazildi.


Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi
Matbuot xizmati


14.10.2021 573