"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek lug‘atshunosligiga oid kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek lug‘atshunosligiga oid kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorlikda “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”, “Xalqaro terminelementlarining izohli-illyustrativ lug‘ati”, “Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati” kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.




Taqdimot marosimida Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Xolbo‘tayev, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizbek Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, O‘z FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori Nizomiddin Mahmudov, yuqorida ta’kidlangan lug‘at mualliflari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.



So‘zga chiqqanlar mazkur lug‘atlarning keng doiradagi o‘zbek kitobxoni uchun mo‘ljallanganini va ularning asosiy maqsadi va vazifasi o‘zbek tiliga kirib kelgan, o‘zlashayotgan xalqaro terminlarning ajraluvchi tarkibiy qismlari, ya’ni terminelementlarning ma’nolarini ochib berish, ularning so‘z yasash imkoniyatlarini ko‘rsatish, ular ishtirokida yasalgan terminlarga izoh berish, zamonaviy tilshunoslikka doir pragmalingvistika, sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, assotsiativ tilshunoslik, psixolingvistika, matn tilshunosligi, diskursshunoslik, medialingvistika sohalarining asosiy terminlari izohlash hamda hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun xarakterli bo‘lgan sinonimik qatorlarni o‘rganish, nafaqat adabiy tilga, balki o‘zbek xalq shevalari hamda tarixiy qatlamga oid sinonim so‘zlarni tahlil qilishdan iboratligini ta’kidladilar.



          Kitoblar bilan tanishib chiqqan mutaxassislar ham mazkur kitoblar haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar va ularning dolzarbligi, mohiyati, amaliy ahamiyati hamda zamonaviy o‘zbek lug‘atshunosligiga qo‘shgan hissasi haqida fikr bildirdilar.

 

 

  

 

 

07.03.2024 121