"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Tadbirda vazir maslahatchisi Bahodir Valiyev, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari mayor Muzaffar Tojibayev, shoir O‘ktam Davletov, UrDU o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Barno Abdullayeva, “Ezgu so‘z” gazetasi muxbiri Maxfira Karimova hamda harbiy xizmatchi va xizmatchilar ishtirok etdilar.


Tadbirda bugungi kunda yurtimizda davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzi va mavqeyini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘zbek tilining nafosati, o‘ziga xosligi mutaxassislar tomonidan e’tirof etilib, har bir xodimning davlat tilida ish yuritishi, ona tilini qadrlashi va bu boradagi tadbirlarga samarali hissa qo‘shishi lozimligi aytib o‘tildi.


Davra suhbati ijodkorlar ishtirokidagi ajoyib mushoiraga aylanib ketdi. Ona vatan, ona tili, tinchlik va do‘stlik, shukronalik madhiga bag‘ishlangan she’rlar barchaga birdek manzur bo‘lib, davraga yanada fayz kiritdi.

Boshqarma tizimida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tadbirlar davom ettirilmoqda.

Oddiy askar Furqat Ibragimov,
Xorazm viloyati FVB
boshlig‘i maslahatchisi


fvv.uz

07.10.2021 495