"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ta’minlash toʻgʻrisida” qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

“Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ta’minlash toʻgʻrisida” qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

 

Toshkent viloyati Olmaliq shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Shanayev Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ta’minlash toʻgʻrisida”gi 61-sonli qarori ijrosi yuzasidan joylarda olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishish maqsadida Olmaliq shahar kasb-hunar maktabida o‘rganish o‘tkazdi.


Oʻrganish natijasida ushbu muassasaning muhr, buyruq, chiqish xatlari, ish yuritish hujjatlar lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida yuritilayotganligi va baʼzi ichki hujjatlari kirill alifbosida ekanligi aniqlanib kerakli tavsiyalar berildi.

 

Bu kabi o‘rganishlar barcha tashkilot va idoralarda oʻtkazilishi davom etadi.

16.12.2022 247