"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Til — bu millat qalbi, xalqning tarixidir


 Toshkent shahrining qator maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi jamoasi ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.



Uchrashuvda yurtimizda ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilayotganligi haqida ma’lumot berib o‘tildi.



Til – ko‘ngilning oltin kaliti, nutq vositasi bo'libgina qolmay davlatning timsoli va mulkidir. Til - millat ruhi. U xalqning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi, tarixidir. Tilni rivojlantirish millat taraqqiyoti demakdir. Shuni aytish kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi ham mustaqilligimiz va yuksalishimiz yo'lida muhim qadam edi. Til – millat yuzining bir bolagi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan nashr ettirilgan maktab o‘qituvchilari hamda yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.

 

 

05.09.2023 413