- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Yakkasaroyda tashqi reklama va e’lonlar holati o‘rganilmoqda
Yakkasaroyda tashqi reklama va e’lonlar holati o‘rganilmoqda
Yurtimizda ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Umarova tumandagi ichki ko‘chalarda joylashgan xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va savdo do‘konlarining reklama, e’lonlar holati o‘rgandi.
O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarga “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirilib, ularga tashqi reklama yozuvlarini davlat tilida yozilishi kerakli haqida tushuntirishlar olib borilib, savdo obyektlarining nomlari, davlat tilida yozilishi bo‘yicha ma’lumot berildi.
Shu o‘rinda yurtdoshlarimizga yana bir bor eslatib
o‘tamiz, “Davlat tili to‘g‘risi” dagi qonun talablariga ko‘ra, biron reklama
yoki eʼlon, ko‘rgazmali yozuvlar bo‘lsa, oldin davlat tilimizda, yaʼni o‘zbek
tilida, keyin boshqa tillarda yozilishi shart.
Yakkasaroy tuman hokimligi
Matbuot xizmati