"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Jarayon


    Viloyatlarda Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tilishi yuzasidan tashkilot xodimlarini o‘qitish hamda ularning davlat tilida ish yuritishi nazorati kuchaytirilmoqda.

    Shu jumladan Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.     

    Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona hududiy bo‘linmasida “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” malaka oshirish bo‘yicha  2024-yil yanvar oyida  tashkillangan an’anaviy kursida “Qo‘shib yozish. Ajratib yozish. Chiziqcha bilan yozish qoidalari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

    Unda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova qatnashib, bugungi kundagi davlat tiliga bo‘lgan e’tibor hamda sohada olib borilayotgan islohotlar masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.



    Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 61-sonli qarori talablariga asosan o‘z tizimida ish yuritish lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida amalga oshirilishini ta’minlash to‘g‘risida”gi 8.1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax Zafarobod tumanidagi Axborot - kutubxona markazida tahliliy ishlar olib borildi.

18.01.2024 119