"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Qosim-Jomart Toqayev: Oʻzbekiston vazminlik va hurmat bilan, balandparvoz bayonotlarsiz til masalasini hal qildi

Qosim-Jomart Toqayev: Oʻzbekiston vazminlik va hurmat bilan, balandparvoz bayonotlarsiz til masalasini hal qildi

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev «Ana tіlі» nashriga bergan intervyusida qozoq tilini ommalashtirish, rus tili istiqbollari haqida soʻz yuritdi. Qozogʻiston rahbari, oʻz navbatida, Oʻzbekiston borasida ham qator fikrlarni bildirib oʻtgan, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

- Oʻzbekiston oʻziga xos vazminlik va hurmat bilan, balandparvoz bayonotlarsiz til masalasini hal etdi, - deydi Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti. - Xalqning butun pragmatizmi shunda namoyon boʻladi. Ular butun tarix davomida shunday boʻlib kelgan. Oʻzbekiston ijtimoiy munosabatlarni siyosiylashtirishdan qochgan holda, asosiy urgʻuni mehnat va savdoga qaratib, XX asrning boshida Markaziy Osiyoda eng yirik xalqqa aylandi. Shuning uchun ham buyuk Abayning oʻzbek xalqi haqidagi dohiyona soʻzlari texnologiya davrida ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Ushbu mamlakat mitinglar bilan emas, bunyodkorlik bilan shugʻullanmoqda.


Manba: http://xs.uz/

Bizning faoliyatimizni kuzatishda davom eting!
27.06.2020 537