"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Xo'jayli tumanida “Davlat tilini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida I dasturiy seminar o‘tkazildi.

Xo'jayli tumanida “Davlat tilini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida I dasturiy seminar o‘tkazildi.

Xalqimizda “Til – millat oynasi”, “Til yashasa, millat yashaydi”, “Til – millatning bebaho boyligi” degan teran maʼnoli so‘zlar bejiz aytilmagan.

Chunki, har bir xalqning o‘zligini namoyon qilishida, jamiyatning rivojlanishida til g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, til – xalqning tarixini, maʼnaviy qadriyatlarini, madaniy merosini, urf-odat va dasturlarini o‘zida mujassam etgan bebaho xazinasi hisoblanadi.

Bugungi globallashuv davrida har bir xalq o‘z milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir.

Bugun yurtimiz «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda.

Shu bois so‘nggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda bugungi davr talabidan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha ham keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.

Ayniqsa, o‘tgan yilning 21-oktabr kuni Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonining qabul qilingani, mazkur Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini berib, davlat tilining nufuzini oshirib, faol muloqot quroliga aylanishiga mustahkam asos yaratmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda hududlardagi rahbarlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari tomonidan davlat tilini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zni quvontirmoqda.

Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining maslahatchisi P.Dabilovning tashabbusi bilan Xo‘jayli tumanida tuman hokimligi rahbarligida “Davlat tilini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida I dasturiy seminari o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi J.Yermashev chiqish qilib, davlat tiliga bo‘lgan eʼtiborning qo‘lga olinishi, uni rivojlantirish – bu islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi. Amaliy seminarda, davlat tilini rivojlantirish, bu sohadagi muammolarni yechishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish, shuningdek hozirgi vaqtda bu borada olib borilayotgan ishlarning samaradorligi bo‘yicha Xo‘jayli tumani namuna boʻlayotganligi aytib o‘tidi.

Tumanda davlat tilini rivojlantirish ishlarida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan bir qator faol insonlarga Xo‘jayli tuman hokimligi tomonidan tayyorlangan “Faxriy yorlig‘i” va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

P.Dabilov,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi Raisining maslahatchisi

09.12.2020 756