"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Vobkentda "Reklama tog'risida”gi Qonunning ijrosi ta'minlanmoqda

 

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qaror hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi OʻRQ-776-son Reklama toʻgʻrisidagi Qonunning ijrosini taminlash maqsadida Buxoro viloyati Vobkent tuman hokimining manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi I.Xalilov hamda tuman hokimligi axborot xizmati bilan hamkorlikda tumandagi “Shifokor” va “Charmgaron” mahallasi hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlari, xizmat ko‘rsatish sektorlarida tashqi reklama va bannerlarning qonun talabiga hamda milliy qadriyatlarga mosligi o‘rganildi. 


     


Ma’nan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan, imloviy xatoliklari mavjud hamda davlat tili qoidalariga rioya qilinmagan tashqi reklamalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.


   


Jumladan, peshlavha, e’lon va boshqa turdagi axborot vositalari “Davlat tili haqida”gi Qonun talablariga moslashtirish bo‘yicha tuman hokimining ogohlantirish xatlari berilib reklama lavhalarini almashtirish bo‘yicha muddatlar belgilandi.


O‘rganishlar davom etmoqda...

Vobkent tuman hokimligi Matbuot xizmati.

05.08.2022 475