"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Til - millatning borligidan darak

Xalqsiz til bo‘lmaydi, tilsiz xalq bo‘lmaydi. Til - millatning ruhi, ko‘zgusi. Ona tilini asrash, rivojlantirish, targ‘ib etish barchaning muqaddas vazifasidir.


Joriy yildan boshlab mamlakatimizda Ona tilimiz, O‘zbek tili bayrami keng miqyosda nishonlanmoqda.


Xususan, 2020-yilning 20-oktyabr sanasida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida "Til - millatning borligidan darak" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


Unda O‘zbekiston Jahon tillari universiteti kafedra mudiri, siyosiy fanlar doktori, akademik Nazrulla Jo‘rayev, tilshunos olim Zuhriddin Isomiddinov, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehmonali Salimovlar ishtirok etishdi.


O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining maʼnaviy, siyosiy, huquqiy jihatlari va uning ahamiyati, tilimizning boy tarixi, odamlar orasida kitobxonlikning pasayib ketganligi haqida Nazrulla Jo‘rayev gapirib o‘tdi.


Ona tilimizning nozik jihatlari, nutqimizda uchraydigan g‘aliz iboralar, tilni asrash muammolari haqida tilshunos olim Zuhriddin Isomiddinov fikr bildirdi.


Mehmonali Salimov o‘zbek tilida yaratilgan adabiyotimizning nodir durdonalari, badiiy, musiqiy chiqishlari bilan tadbir qatnashchilarini xushnud etdi.

21.10.2020 683