"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Ma’naviyat marafoni” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


Bugun vazirlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan hamda “Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, shoir Orif To‘xtash hamda Yoshlar Parlamenti vakili Jahongir Esonaliyevlar mehmon sifatida o‘zlarining  qiziqarli ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Dastlab vazirlik maslahatchisi U.Bayzakova so‘zga chiqib, mazkur tadbirning ahamiyati haqida fikr bildirdi.

            “Zero, manaviylik va marifiylik xalqimizning kop asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli oziga xos xususiyati bolib kelgan”- deya ta’kidladi vazir maslahatchisi.

Undan so‘ng shoir Orif To‘xtash yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʼlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

     Jahongir Esonaliyev ham vazirlik bilan hamkorlikdan mamnunligini ta'kidlab, bunday tadbirlarni yanada kengroq va ko‘proq o‘tkazish lozimligini aytdi.

      Ta’kidlandiki, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda har bir inson daxldorlikni his qilishi kerak. Tadbir davomida mamlakatimiz ramzi bo‘lgan davlat bayrog‘ining o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritildi. Ayniqsa, shoir Orif To‘xtash tomonidan aytilgan she’r barchaga birdek manzur bo‘ldi.

15.11.2023 280