"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Davlat nazorati Departamentida lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi

Davlat nazorati Departamentida lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi


Davlat nazorati Departamentida lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish holati o‘rganildi, chiqish xatlari, ichki buyruqlar, tadbirkorlaik subyektlarida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati o‘tkazish haqidagi dalolatnomalar o‘rganildi.



Departamentning saytidagi materiallar mazmun va davlat tiliga rioya etilganligi jihatidan tahlil qilindi. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar xodimlarga ko‘rsatib o‘tildi, "Davlat tilida ish yuritish" kitobidagi uslubiy ko‘rsatmalar bilan yaqindan tanishishlari haqida eslatildi.

Xatolar ustida ishlash vazifalari topshirildi.

Rahbariyat bilan kelgusida lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘rganish va mavjud bilimlarni yanada mustahkamlashga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etishga kelishib olindi.

 

 

O'zTTSAning Davlat nazorati departamenti matbuot xizmati

19.09.2022 377