"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Farg‘onada “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi           PF-5850-son hamda 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi hamda Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kunning 33 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati Yozyovon tuman hokimining maslahatchisi Nargizaxon Obidova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari Ro‘zimuhammad Xoshimovlar hamkorligida Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida viloyat ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimining maslahatchisi Sohibjamol Abdullayevna hamda  tuman (shahar) hokimlarining maslahatchilari, shuningdek, olimlar, filologlar, yozuvchilar, shoirlar va o‘qituvchilar ishtirok etishdi.



Seminarda o‘zbek tili tarixi hamda hozirgi kunda unga berilayotgan e’tibor yuzasidan ijodkor Alisher Toshqulov, filologlar Oliyaxon Ibragimova, Yulduzxon Karimovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.



           Ona tilimiz tarixiga oid videolavhalar, musiqa maktabining jajji raqqosa qizlari ijrosida milliy kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi. Tadbir so‘ngida Nargizaxon Obidovaning yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Bu esa tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Bunday amaliy seminarlar barcha korxona va tashkilotlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



S.Tongotarova,

Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi

28.06.2022 515