"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • AKT vazirligida O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

AKT vazirligida O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» mavzuidagi davra suhbati o‘tkazildi.


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J.Maxsudov ishtirokchilarni Ona Vatanimiz istiqlolining 30 yilligi bilan samimiy qutlab, o‘tgan davr mobaynida vazirlik tomonidan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat va IT-sohaga malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, qo‘lga kiritilgan g‘alabalar haqida qisqacha ma’lumot berdi.


Tadbirda qatnashchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish tarixi, o‘tgan 30 yil davomida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar, ayniqsa, so‘nggi besh yil ichida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, shu kunlarda butun mamlakat bo‘ylab mazkur sana munosabati bilan «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar, O‘zbekistondagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar, istiqlol davrida ijodkorlarga, xususan yozuvchi va shoirlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va adabiy jarayonlar to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.


Shoirlar Faxriddin Hayit, Abdumajid Azim hamda Farog‘at Xudoyqulovlar o‘zlarining Vatan, mustaqillik, insoniylik, mehr-oqibat to‘g‘risidagi she’rlarini o‘qib eshittirdi.


xabar.uz

27.08.2021 572