"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Ish samaradorligi yutuqlar poydevori

Toshkent shahar hokimligi majlislar zalida Toshkent shahar va tuman hokimlarining Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchilarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Majlisda 2020-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, erishilgan yutuqlar va yo'l qo'yilgan kamchilik hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim vazifalar muhokama qilindi.

Tadbir so'nggida shahar hokimligi tomonidan maslahatchilar ish faoliyatini yanada oshirish uchun O'zbekiston Respubliksi Prezidentining "Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamizning poydevori" hamda "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" nomli kitoblari topshirildi.


A.Ro'zitoyev,
Toshkent shahar hokimi maslahatchisi


22.02.2021 630