"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” tanlovi doirasida o‘zbek tilini ilmiy-amaliy jihatdan rivojlantirishga doir ishlanmalarni rag‘batlantirishga qaratilgan “O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha” aniqlanmoqda.

Tanlovga belgilangan mavzu va yo‘nalishlarga mos keladigan so‘nggi ikki yil ichida yaratilgan (nashr etilgan/patentlangan) lug‘atlar, elektron dasturlar, amaliy qo‘llanmalar  taqdim etilishi mumkin

Tanlovda ishtirok etish uchun 2021-yil 1-avgustiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga murojaat qilish kifoya.

G‘oliblar 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi. Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Tanlov haqidagi batafsil maʼlumotni (71) 203-32-32 (ichki raqam 232) raqamiga bog‘lanib olish mumkin.


16.06.2021 432