"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘rganishlar davom etadi


Yurtimizda ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hududlarda davlat tilini rivojlantirish, qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borgan holda davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni muntazam va har tomonlama o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmoqda. Xususan, Yakkasaroy tumanida ham.



Mazkur qonun talablarining bajarilishini taʼminlash maqsadida Yakkasaro tumanida maxsus ishchi guruhlari shakllantirilib, tumandagi markaziy ko‘chalar yoqasida joylashgan yirik savdo majmualari, savdo markazlari, umumiy ovqatlanish maskanlari, ishlab chiqarish korxonalarida har oyda ikki marta o‘rganishlar olib borilmoqda, – deydi tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Umarova.

O‘rganish davomida tadbirkorlar tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan bino va yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda temir, yog‘och qurilmali (konstruksiya) peshlavha, eʼlon, chaqiruv, reklama vositalari joylashtirilishiga eʼtibor qaratilmoqda.

 Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

09.06.2023 257