"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Urganch tuman tadbirkorlariga ogohlantirish berildi


4-noyabr kuni Urganch tuman hokimligi tomonidan tuzilgan Ishchi guruh a'zolari hamrohligida “Davlat tili haqida”gi qonunning 10-moddasi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g’risida”gi qonunning 6-moddalari ijrosi yuzasidan tumandagi 4-sektor hududidagi “Orzu”, “Baxshilar” hamda “Hilol” mahallalaridagi tashqi yozuv e'lonlari, reklama matnlari, bannerlarini qonun talablariga mosligi o‘rganilib, noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama yozuvlari oldirib tashlandi va xato yozilganlari imlo qoidalariga muvofiq lotin alifbosida yozilishi lozimligi to‘g‘risida ogohlantirildi.


            Hurmatli tadbirkorlar, Sizdan “Davlat tili haqida”gi hamda yangi tahrirdagi "Reklama to‘g’risida”gi qonunlari talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.


O‘rganishlar davomida do‘kon, o‘quv markazlari, MTT vakillariga “Reklama to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati, belgilangan javobgarliklar haqida maʼlumotlar berildi. To‘g‘ri va bexato yozish qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 

07.11.2022 241