"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Farg‘ona viloyatida davlat tili yuzasidan hafta boshida amalga oshirilgan ishlarning qisqacha tafsiloti

Farg‘ona viloyatida davlat tili yuzasidan hafta boshida amalga oshirilgan ishlarning qisqacha tafsiloti

Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan joylarda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishish maqsadida Marg‘ilon shahar “Dilijonim” nodavlat ta’lim muassasasida o‘rganish o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati hokimligining tashabbusi bilan “Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi” Farg‘ona hududiy bo‘linmasida Qo‘shtepa tuman “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan ayollar uchun tashkil qilingan maxsus o‘quv kurslarida ishtirok etayotgan tinglovchilar bilan navbatdagi dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.



Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosi yuzasidan Dang‘ara tuman “Qashqar”, “Targ‘ova” mahalla fuqarolar yig‘inlarida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish hamda tashqi yozuvlar va targ‘ibot vositalarining holati, “Ziyo maskan”lari holati o‘rganildi.

 


Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosi yuzasidan Buvayda tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limida ish yuritish hujjatlarining  holati monitoring qilindi.

 

Qo‘qon shahar 1-sektor binosida hududda joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlarining xotin-qizlar faollari uchun barcha turdagi hujjatlar bilan ishlashda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida to‘g‘ri, xatolarsiz yozish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

 

S.Tongotarova,

Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi

27.07.2022 487