"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi va davlat tilining keng targ‘ibotiga bag‘ishlangan video-anjuman

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi va davlat tilining keng targ‘ibotiga bag‘ishlangan video-anjuman

Joriy yilning 25-sentyabr kuni davlatimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi, Turk tili kengashi bilan hamkorlikda "O‘zbek tili va madaniyati" mavzusida onlayn konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimiz tomonidan Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, Turkiya tomonidan Turk til qo‘mitasi rahbari, Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi “Otaturk madaniyat, til va tarix oliy organi” raisi hamda boshqa davlat va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda —

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida gumanitar sohada hamkorlikni kengaytirish,

Til sohasida ilmiy-madaniy aloqalarni yanada kuchaytirish,

Kelgusida birgalikda tadbirlarni tizimli o‘tkazish kabi masalalar muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti bilan Turkiya Respublikasining Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi “Otaturk madaniyat, til va tarix oliy organi” va Turk til qo‘mitasi o‘rtasida ilmiy, amaliy, madaniy, huquqiy hamkorlik qilish o‘zagi bir turkiy tillarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi ta'kidlandi.

Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Turkiyaning til masalalariga ixtisoslashgan davlat idoralari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish taklifini ilgari surdi.

O‘z navbatida, Turk til qo‘mitasi rahbari professor Gurer Gulsevin O‘zbekistonda o‘zbek tilining nufuzini ko‘tarish borasida olib borilayotgan faol islohotlarni yaqindan kuzatib borayotgani, ayrim jabhalar, jumladan, tilshunoslik sohasida tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, xalqaro hamkorlik borasida qilinayotgan ishlarni alohida e'tirof etdi.


Rustam Mirvohid,

Departament mas'ul xodimi


25.09.2020 708