"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

21-oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuni


            Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutida “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Til – har bir millatning g‘ururi” mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi. Unda Iqtisodiyot va moliya vazirining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Obiddin Mahmudov ishtirok etdi.



Uchrashuvda qayd etilganidek, dunyodagi har bir xalq, millat hayotida milliy tilning ahamiyati benihoya katta. Chunki u o‘tmish, bugun va kelajakni bir-biri bilan bog‘lab, xalqning butun tarixi, hayoti va ma’naviyatini ifoda etadi. Shu bois ham mamlakatimizda tilga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida 21-oktyabr “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida nishonlanmoqda. 



O.Mahmudovning qayd etishicha, milliy tilimizga bo‘lgan e’tibor ko‘p jihatdan oiladagi tarbiyaga, ota-onaning ma’naviy jihatdan qanchalik boy va dunyoqarashi keng ekaniga bog‘liq. Ayniqsa, farzandning komil inson bo‘lib voyaga yetishida onaning o‘rni beqiyos. Insonning ichki dunyosini aks ettiruvchi ma’naviyat esa o‘z navbatida tilga bo‘lgan e’tibor va hurmatni oshiradi. 

Davra suhbati davomida matbuot va jurnalistika sohasida ham ko‘p yillik tajribaga ega O.Mahmudovning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi "Ota nega farzandiga tanbeh beradi", "Ummondan durlar", "Javohirnoma" kabi asarlari haqida ham so‘z bordi, shuningdek, alohida hikmat durdonalari hisoblangan "Farzandnoma" asari asosida yaratilgan videoroliklar namoyish etildi.

 

19.10.2023 218