"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

MO‘JIZA EMASDIR FALAKDA OFTOB, MO‘JIZA ASLIDA BEMINNAT KITOB

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qaroriga binoan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 29-aprel kuni  “Kitob – kamolot ko‘zgusi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston”, “G‘afur G‘ulom”, “Sharq”, “O‘zdavkitobsavdota’minot” nashriyotlar 3000 dan ortiq yangi kitoblar bilan qatnashdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirning maslahatchisi v.v.b. Obiddin Maxmudov tadbirni ocharkan, hozirgi kunda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirishga, adabiyot va san’atni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganligi va bu davlat siyosati darajasida amalga oshirilayotganligi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Tadbirga taklif etilgan mehmonlar kitob, ma’rifat bilan bog‘liq xotiralarini so‘zlab berdilar.

Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘q. Jaloliddin Rumiy aytganidek, mo‘jiza emasdir falakda oftob, mo‘jiza aslida beminnat kitob. Azaldan ma’rifat peshvolari odamlarni kitob o‘qishga, undan ilm olishga, odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan, deydi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas’ul xodimi Rustam Mirvohidov. — Talabalik davrimda duch kelgan turli qiyinchiliklar keyinchalik mening ijodimda, she’rlarimda asosiy qahramonlar bo‘lib gavdalandi. Bu meni o‘z o‘quvchilarimga tanilishimga yordam bergan.

Ko‘rgazma doirasida “Men jamoamga kitob sovg‘a qilaman” xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Unda departamentlar, mustaqil boshqarma va bo‘limlar tomonidan 200 dan ortiq turli mazmundagi kitoblar xarid qilinib, vazirlik kutubxonasiga taqdim etishdi. Shuningdek, tadbir davomida xodimlarga mantiqiy savollar ham berilib, to‘g‘ri javob berganlarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Farog‘at Xudoyqulova o‘zining maftunkor ijod namunalari bilan barchani qalbiga xushnudlik bag‘ishladi. Shundan so‘ng, so‘zga chiqqan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Go‘zal Qodirova esa bu kabi tadbirlar kitobxonlikni targ‘ib qilish, o‘quvchilar soni oshishiga xizmat qilishi, ishda va har bir oila ma’naviy dunyoqarashini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ko‘rgazma o‘zgacha shukuhda, yuqori kayfiyatda o‘tkazildi va yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Yig‘ilganlar e’tiboriga xattotlik san’ati namunalari hamda kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi video roliklar namoyish etildi.

 

Vazirlik ma’naviyat va ma’rifat kengashi,

Axborot xizmati.

30.04.2022 475