"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Bog‘ot tumanida o‘quv seminari tashkil etildi


Bog‘ot tumani hokimligining majlislar zalida joriy yil 1-oktabrdan ish yuritish lotin yozuviga o‘tkazilishi bo‘yicha viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan o‘quv seminari tashkil etildi. Unda idora va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, mahalla faollari ishtirok etdilar.



Seminarni Xorazm viloyati hokimining davlat tili masalalari boyicha maslahatchisi R.Xudoyberganov olib bordi.



Seminarda 1-oktabridan ish yuritishni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olib borishga tayyorgarlik ko‘rish, unli harflar hamda harfiy birikmalarning lotin yozuvida ifodalanishi kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Joriy yil 9-sentabrdan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Reklama to‘g‘risida»gi qonuni 6-moddasi talablarini amalga oshirish bo‘yicha oldda turgan vazifalar yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berildi.

16.09.2022 349