"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Yakkasaroyda tashqi reklama va e’lonlar holati o‘rganilmoqda


Yurtimizda ona tilimiz – o‘zbek tilini asrash, uni kelajak avlodlarga sof tarzda yetkazish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Yakkasaroy tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Umarova tumandagi ichki ko‘chalarda joylashgan xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va savdo do‘konlarining reklama, e’lonlar holati o‘rgandi.


O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlarga “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirilib, ularga  tashqi reklama yozuvlarini davlat tilida yozilishi kerakli haqida tushuntirishlar olib borilib, savdo obyektlarining nomlari, davlat tilida yozilishi bo‘yicha ma’lumot berildi.



Shu o‘rinda yurtdoshlarimizga yana bir bor eslatib o‘tamiz, “Davlat tili to‘g‘risi” dagi qonun talablariga ko‘ra, biron reklama yoki eʼlon, ko‘rgazmali yozuvlar bo‘lsa, oldin davlat tilimizda, yaʼni o‘zbek tilida, keyin boshqa tillarda yozilishi shart.


Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

30.01.2023 394