"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “O‘zbekistonda jamoatchilik fikrini o‘rganish va shakllantirishning dolzarb muammolari: nazariya, uslublar, amaliyot”

“O‘zbekistonda jamoatchilik fikrini o‘rganish va shakllantirishning dolzarb muammolari: nazariya, uslublar, amaliyot”

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir “O‘zbekistonda jamoatchilik fikrini o‘rganish va shakllantirishning dolzarb muammolari: nazariya, uslublar, amaliyot” mavzusidagi doimiy ilmiy-amaliy seminar doirasida o‘tkazildi.

Markaz rahbariyatining bayram tabrigidan so‘ng 7 xil millat vakillari mehnat qilayotgan Markaz jamoasi o‘rtasida “Bugun o‘zbek tilida so‘zlashamiz” aksiyasi o‘tkazildi. Turli millatga mansub xodimlarning o‘zbek tilidagi chiqishlari davlat tiliga ko‘rsatilgan hurmat-e’tiborning ifodasi bo‘lib, juda qiziqarli bo‘ldi.

Shundan so‘ng O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlab tayyorlangan videoloyiha tadbir ishtirokchilari e’tiboriga taqdim etildi. Tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan Markazga taqdim etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.


“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik

fikrini o‘rganish Markazi Matbuot xizmati

07.11.2021 359