"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • "O'zbek tilida nomlash (neyming) xizmatini yo'lga qo'yish muammolari va istiqbollari" mavzusida seminar

"O'zbek tilida nomlash (neyming) xizmatini yo'lga qo'yish muammolari va istiqbollari" mavzusida seminar

Keyingi yillarda respublikamizda ishlab chiqarish, savdo-sotiq  obyektlari, korxona, muassasa, firma, mahsulotlarga xorij tillarida nom qo‘yish urfga aylanib bormoqda. Ayniqsa, keyingi uch-to‘rt yil ichida nom yaratishda inglizcha yoki so‘zlarga murojaat qilishga ruju qo‘yilmoqdaki, buning sabablarini turlicha izohlash mumkin.

Birinchidan,  ishlab chiqarish, savdo obyektlari, korxona, muassasa, firma o‘z nomi yoki mahsulotini xorijiy tilda nomlash orqali iste'molchilar e'tiborini o‘ziga jalb qilishni ko‘zda tutgan bo‘lishi mumkin.

Ikkinchidan, xorijiy nom orqali ishlab chiqarish, korxona, firma, savdo obyektlari o‘z mahsulotini jahon bozoriga olib chiqishni nazarda tutgan deb taxmin qilish mumkin.

Har qanday holatda ham, bizning nazarimizda, har bir davlatda ishlab chiqarish, savdo obyektlari, korxona, muassasa, firma savdo obyekti, mahsulotga, avvalo, shu davlatning milliy tilida nom berilishi maqsadga muvofiq. Nomning boshqa tillarda berilishi, bir tomondan, milliy tilimizga soya solish, uning qo‘llanish doirasini cheklash, sofligiga putur yetkazishga olib kelsa, boshqa tomondan, kishilarda milliy tilga bepisandlik kayfiyatini hosil qiladi.

Ishlab chiqarish, savdo obyektlari, korxona, firma, mahsulotlar, uning brendiga nom qo‘yish jarayonini yengillashtirish, xalqimizning milliy an'analari va mentalitetiga yot bo‘lgan to‘qima nomlarning oldini olish, yangi nomlarning o‘zbek adabiy tili me'yorlariga mos bo‘lishini ta'minlash maqsadida tadbirkorlik subyekti bilan shug‘ullanuvchi ommani nomlash (neyming) texnologiyasi asoslaridan xabardor qilish, ularga uslubiy ko‘rsatmalar berish, savdo brendlari nomlarining zaxirasini yaratish dolzarb muammolardan biridir.

Ayni paytda mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanib borayotganligini hisobga olsak, bir-birini takrorlamaydigan, yangi nomlarni topish ham oson emas, albatta. Mana shularni inobatga olgan holda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi hamkorligida ishlab chiqarish, savdo obyektlari, kompaniya, firma, mahsulotlarga nom qo‘yish jarayonini yengillashtirish, xalqimizning milliy an'analari va mentalitetiga yot nomlar berilishining oldini olish, ularning O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuniga mos bo‘lishini ta'minlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, nomlar zaxirasini yaratish ishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan “O‘zbekcha nomlash laboratoriyasi” o‘z faoliyatini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan mazkur masala yechimiga bag‘ishlangan “O‘zbek tilida neyming: me'yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha uchun mablag‘ ajratilib, o‘zbek tilida nomlar bazasini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Internet tarmog‘ida barcha tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar uchun “uznom.uz” sayti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu sayt orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kishilarga firma, korxonalari, savdo obyektlari, ishlab chiqargan mahsulotlari uchun milliy nomlar taqdim etiladi. Yo‘lga qo‘yilgan mazkur xizmat turi orqali nom yaratish jarayonida o‘zbek tili me'yorlarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yiladi.


Zebinisa HAKIMOVA,
Davlat xizmatlari agentligi direktorining maslahatchisi


Seminar vaqti: 18-dekabr, juma kuni, soat 15:00da

Zoom orqali ulanish: 

https://us02web.zoom.us/j/81235212924?pwd=b1hRYit6RXdmMGFOekdmSXl4UmR3UT09

17.12.2020 808