"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatida respublika ishchi guruhi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryo viloyatida respublika ishchi guruhi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi hamda “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosi yuzasidan respublika ishchi guruhi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.



Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri o'rinbosari Z.Ro'ziyev boshqarib borgan yigilishda, Ozbek tilini rivojlantirish jamgarmasi direktori A.Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini oqitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov, viloyat va tuman, shahar hokimlarining maslahatchilari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.


    Ozbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini oshirish borasida Qashqadaryo viloyatida qilinayotgan ishlar, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” tanlovining tashkilllashtirish jarayonlari haqida so‘z yuritildi. Yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar o'rganildi. Sohaga oid huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar tinglandi.



Malumot uchun, joriy yilda Qadring baland bolsin, ona tilim tanlovining respublika bosqichida Yakkabog tumani ishtirok etmoqda.

26.09.2022 279