"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Viloyatlardagi taqdimot tadbirlari davom etmoqda


    Bugun, 13-may kuni Urganch davlat universitetida O‘zbek lug‘atshunosligiga oid kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu taqdimotni O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani D.G‘ayipov ochib berdi.

    Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mutaxassislari G.To‘ychiyeva, D.Yusupova, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi O.Azizova, hamda Xorazm viloyati hokimi maslahatchisi R.Xudayberganov, “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri A.Primov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari O‘. Begimovlar ishtirok etib, mazkur lug‘atlar yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.




    Tadbirda "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" (VI jildlik) va boshqa sohaga doir adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.




14.05.2024 129