"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Munosabat


Joriy yilning 27-yanvarida Telegram tarmogʻining GENERALISSIMUS (https://t.me/generalissimus_uzb/8988) kanaliga “quyi tizimdagi 4000 dan ortiq byudjet tashkilotlarida shtat jadvallari va buxgalteriyaga oid hujjatlari rus tilida yuritilayotgani...” haqida xabar joylashtirildi.


Bunda, “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Adliya vazirligida 2014-yil 15-dekabrda 2634-son bilan ro‘yxatga olingan) 3-ilovasining rus tilidagi namunasi asosida ishlab chiqilgan shtat jadvali ilova qilingan.


Ma’lumot uchun: yuqoridagi shtat jadvali namunasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida (https://lex.uz/docs/2520442) o‘zbek lotin, o‘zbek kirill va rus tillarida joylashtirilgan bo‘lib, undan ochiq ma’lumot sifatida foydalanish mumkin.


 Qayd etish joizki, mazkur shtat jadvalini qaysi tashkilot tayyorlagani, uning mas’ul ijrochisi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanganligi ko‘rsatilmagani sababli, unga aniqlik kiritish imkoni bo‘lmadi.


 

06.02.2024 148