"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni tuman hokimi o‘rinbosari, Maʼnaviyat va maʼrifat Kengash raisi o‘rinbosari J.Djanikulov olib bordi.



Unda viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzosi, Toshkent viloyati hokimining Davlat tili maslahatchisi Shahnoza Xo‘jayeva, shuningdek, tumandagi bo‘lim, korxona va tashkilot rahbarlari, tumandagi taʼlim muassasalarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktablarning ijodiy-madaniy masalalari bo‘yicha targ‘ibotchilari ishtirok etishdi.



Tadbirda tuman Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining 2022-yil uchun tuzilgan "Yo‘l xaritasi" birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari M.Nodirovaning axboroti tinglandi.



Toshkent viloyati hokimining Davlat tili maslahatchisi Shahnoza Xo‘jayeva tomonidan tumanda maʼnaviy-maʼrifiy sohada olib borilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib, o‘z ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.

29.07.2022 572