"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovlari o‘tkazildi

“Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovlari o‘tkazildi


    Mamlakatimizdagi maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi ishlarga munosib baho berish, bu borada eng munosiblarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovlari bu yil uchinchi marotaba o‘tkazildi.

    Poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida ushbu tanlovlar g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova ochar ekan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarayotgani, yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib borayotganini taʼkidladi.

    Shundan so‘ng Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Mirzo so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda yuz berayotgan tarixiy o‘zgarishlar barobarida aholining yurt taqdiriga, elimizning ertasi, nurli kelajagiga bo‘lgan munosabati ham o‘zgarib borayotgani, ertangi kunga bo‘lgan yuksak ishonch butun xalqimizni Yangi O‘zbekistonni barpo etish va yangi uyg‘onish davri poydevorini yaratishdek ulug‘ maqsad yo‘lida tobora jipslashib borayotganini eʼtirof etdi. 

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu tanlovning vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari mehnat jamoalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligiga erishishga qaratilgan “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida faxrli 1-o‘rinni egalladi.

     G‘olib jamoa Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomobili hamda 15 mln so‘mlik kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi. Bu ham bo‘lsa vazirligimikda ma’naviyat va ma’rifat sohasiga, davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatning munosib e’tirofidir. Mukofotni vazir o‘rinbosari Gulnora Raximova hamda vazir maslahatchisi Obiddin Mahmudov qabul qilib olishdi. 

    Shuningdek, ushbu yo‘nalishda 2-o‘rinni Soliq qo‘mitasi, 3-o‘rinni esa Adliya vazirligi va Kadastr agentligi qo‘lga kiritdi. 

    Tadbirda yangragan kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Bir so‘z bilan aytganda, bugungi bayram tadbiri ma’naviyatimizga bo‘lgan e’tiborning yorqin namunasi bo‘lib, o‘zgacha shukuhda va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.


18.12.2023 166