"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Davlat tili – o‘zbek tilida ish yuritish bo‘yicha tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarining yakuniy imtihoni bo‘lib o‘tdi

Davlat tili – o‘zbek tilida ish yuritish bo‘yicha tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarining yakuniy imtihoni bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilgan edi. 

Mazkur kurs tinglovchilari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida o‘z bilim va ko‘nikmalarini tasdiqlovchi 3 bosqichli yakuniy test imtihonlarini topshirdilar.

Test sinovlaridan ijobiy natijalar bilan o'tgan xodimlar uchun Markaz tomonidan maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Matbuot xizmati


14.12.2020 673