"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

O‘ZBEK TILI - QALBIM TARJIMONI


Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorlikda respublika ko‘rik-tanlovi tashkil qilindi.        

Bugun Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talaba-yoshlar o‘rtasida “O‘ZBEK TILI - QALBIM TARJIMONI” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.         

 Ushbu tanlovga bir qator xorijlik nomzod talabalar qatnashdi.

450 ga yaqin nomzodlar orasidan tanlovning yakuniy bosqichiga yetib kelgan 15 nafar talaba-ishtirokchilarning erkin mavzudagi chiqishlari namoyish etildi.

Hakamlar tomonidan ishtirokchilar munosib baholanib,  3 o‘rin va rag‘batlantiruvchi o‘rinlar belgilandi.


Yakuniy natijaga ko‘ra:

 

1-o‘rin – Ruka Vatanabe (Yaponiya) Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi;

2-o‘rin – Maehwa Gong (Janubiy Koreya) Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi;

3-o‘rin – Adnan Hussain (Pokiston) Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi g‘olib deb topildi.


    Ular I, II, III darajali diplom, bazaviy hisoblash miqdorining 40/30/20 baravari miqdorida pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

    Shuningdek, ishtirokchilar “Eng yaxshi o‘zbek tili targ‘ibotchisi”, “O‘zbek tili – qalbim g‘ururi”, “Men o‘zbek tilini yaxshi ko‘raman” nominatsiyalari va rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan e’tirof etildi.

18.10.2023 307