"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

“O‘zbek tili” kursi tashkil qilindi


Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetida koreyalik professor o‘qituvchilar ishtirokida o‘zbek tili mashg‘ulotlari boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son farmoni ijrosi yuzasidan Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetining prorektorlari, dekanlari hamda professor o‘qituvchilari ishtirokida an’anaviy shaklda “O‘zbek tili” kursi tashkil qilindi.



“O‘zbek tili” kursining o‘quv dasturi o‘zbek madaniyatidan xabardor bo‘lish hamda o‘zbek tilining boshlang‘ich darajasini egallashga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.

01.02.2024 149