"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

MA’NAVIY PORTRET: O‘ZBEK TILINING ISLOHI

Har qanday millatda milliy uyg‘onish, albatta, ma’naviyatsiz ro‘y bermaydi. Ma’naviyat esa millat tilisiz yuksalmaydi. Til orqali muayyan millat o‘z ma’naviy portretini yaratadi. Shunday ekan, bu borada Prezidentimizning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori mamlakatimiz ijtimoiy-madaniy hayotida katta burilish yasadi. Til borasida, uni qo‘riqlashda, to‘g‘ri yozish qoidalarini tatbiq etishda rasmiy hujjatlar tilining ahamiyati yuqori.

Savodxonlik alifbodan boshlanadi

Savodsizlik har doim madaniyatsizlik, johillik, ma’naviy qashshoqlik kabi tush unchalar bilan uzviy bog‘liqdir. O‘z tilini muhabbat bilan bexato va sof holida ishlatayotgan avlodning ma’naviy boyligi esa alohida e’zozda. Biroq har qanday boylik himoyaga, qo‘riqlashga muhtoj bo‘lgani singari tilimiz ham himoyaga, asralishga muhtoj. Aks holda, uning imlo qoidalariga e’tibor bermay ishlatish savodsiz lik darajasining oshishiga sabab bo‘ladi.

Tan olib aytish lozimki, bugun o‘zbek tili boshidan o‘tkazayotgan jarayonda mavhumliklar ko‘p. Uloqni har chavandoz har yoqqa tortgan idek, til qoidasini ham har kim o‘zi bilganicha “buzib” yozishga urinishlar urchigandan urchimoqd a. Bu esa o‘ta ayanchli holat.

Ish yuritish: imloviy xatoliklar tahlili

            Inson o‘z krini aytmog‘i yoki izhor etmog‘i uchun til qoidalaridan, uni qo‘llash uslublaridan xabardor bo‘lmog‘i lozim. Chunki, xoh u tadbirkor bo‘lsin, xoh dehqon, umri davom ida baribir biron sabab bilan ish hujjati yozishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, tilxat yoki tushuntirish xati, ishonchnoma kabi.

Yoki davlat idoralarini olaylik. Ularning faoliyatida ish qog‘ozlarisiz ish bitmaydi. Mazmunan va shaklan, hajm nuqtayi nazaridan har xil bo‘lgan hujjatlar kishilik jamiyatining asosli qog‘ozi sanalib, o‘zaro kelishuvlarni, muloqotni yozuvda aks ettirib, uni tartibga solib turadi.

Afsuski, bugungi kunda vazirliklar, davlat tashkilotlari, boringki, jamiki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yozma hujjatlarida xatoliklar, noaniqliklar mavjud. Davlat tilida ish yuritishda juda ko‘p munozarali holatlarga duch kelamiz. Bu borada eng ko‘p murojaat qiladigan hujjat bu — xat hisoblanadi. Ya’ni bir tashkilotning boshqa idoraga yoki jismoniy shaxsga jo‘natgan rasmiy nomasi. Xat so‘zining ma’nosiga qaraydigan bo‘lsak, bu so‘z arabcha bo‘lib, biror kishidan ikkinchi kishiga yozma shaklda yo‘llangan matn, muayyan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yozuvdir. Shuningdek, xat xuddi murojaat etib “yuqoridan” degan ma’noni bildiruv chi maktub, noma deb ham yuritiladi. Binobarin, shunday ekan, xat yozishning ham o‘z qonun-qoidasi bor. Ana shu xatlarda eng ko‘p kuzatiladigan xatolardan biri – hurmat bilan, hurmat ila, ehtirom bilan, ehtirom ila kabi so‘zlardan keyin vergul ishlatish holati ko‘p uchramoqda.

Rus tilidagi xatlarda “C уважением” birikmasidan keyin ularda vergul(,) qo‘yiladi. O‘zbek tili imlo qoidalariga ko‘ra, kirill va lotin alifbosida vergul ishlatilmaydi. Masalan:

Hurmat bilan

O‘quv ishlari bo‘yicha muovin K. Jamoliddinov

Yoxud

 Ehtirom ila bo‘lim boshlig‘i K. Olimova.

To‘g‘ri, mustaqillikka erishgunimizga qadar so‘zimiz, tili miz bir qadar qadrsizlandi. Aksariyat so‘zlarni rus tilidan oldik, gap tuzish qoliplari ham ruschadan o‘zlashtirildi. Biroq o‘zbek tiliga tarjima qilindimi, demak so‘zga nisbatan o‘zbek tilining imlo qoidasini qo‘llash kerak!

Keyingi muhim masalalardan biri bu — ish hujjatlarida kelishik qo‘shimchalarining noto‘g‘ri qo‘ll a nilishi. Misol uchun, “kitobni o‘qilishi” tarzidagi uslubiy g‘aliz birikmalar tuzilmoqda.

Aslida o‘zbek tilining grammatik qoidasiga ko‘ra, -ni tushum kelishigi qo‘shimchasi faqat ot+fe’l va uning shakllari bilan bog‘lanib keladi: kitobni o‘qimoq kabi. To‘g‘ri, bir qarash da -ning qo‘llasa ham bo‘ladi, “nima, shunga ota go‘ri qozixonami?” deyish mumkin, ammo bu kabi “bo‘laveradi”lar evaziga yurtdoshlarimizning til saviyasi tushib ketmoqda.

Misol uchun, “men o‘qishga borishga qaror qildim” degan gapni olaylik.

Men o‘qishga bormoqchiman deb aytish oson emasmi? Tilni murakkablashtirmaslik lozim. Shuningdek, qaror qilish faqat ko‘pchilik tomonidan qabul qilinadi.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, keyingi vaqtlarda hujjatlardagi so‘z birikmalarining orasiga chiziqcha qo‘yish urf bo‘lmoqda. Bu so‘z birikmalari, ayniqsa, iqtisodiy hisobotlarda ko‘p uchraydi.

Misol uchun, to‘g‘ridan to ‘g‘ri  hisobraqamlarni “muzlatish”.

Bu jumlada chiziqcha noto‘g‘ri qo‘llanilgan.

O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarida keltirib o‘tilganidek, yildan yilga, tomdan tomga, oydan oyga kabi so‘z birikmasining birinchi so‘zi chiqish kelishigi qo‘shimchasi -dan bilan, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigi (-ga) qo‘shimchasi bo‘lgan birikmalar ajratib yoziladi, biroq bu chiziqcha qo‘yiladi degani emas.

Xo‘sh, unda qaysi so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi? Bu savolga javob berish uchun imlo qoidasining 53-bandiga murojaat etamiz.  So‘zning -ma, bayordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: Misol uchun, Ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy, dam-badam va hokazo.

Lavozim, ilmiy unvon va ilmiy daraja: yozilish tartibi

Endi yana bir munozarali holatga oydinlik kiritaylik. Ish jarayonida hujjatlarda shaxsning lavozimi, ilmiy darajasi, unvoni to‘liq ko‘rsatilishi kerak bo‘lib qoladi. Ko‘pchilik bu borada chalkashadi. Xo‘sh, uning yozilish qoidasi va tartibi qanday?

Demak, bunda ilmiy unvon va ilmiy darajani ko‘rsatishda hujjat qayerga jo‘natilayotganiga qarab yoziladi.

Xat oxirida imzo qo‘yilayotganda: Institut direktori  S. Berdiyev kabi yoziladi. Uni murakkablashtirish kerak emas.

Ilmiy daraja, unvon yozilishi shart emas. Ammo biror il miy ish yoki badiiy asarga taqriz yozilganda, taqriz mualli ning lavozimi, keyin ilmiy darajasi, unvoni qo‘yiladi. Masalan, sahifaning o‘ng chetiga. Yorqinjon Odilov, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri, lologiya fanlari doktori, professor

Til va yozuv masalasida ma’naviy “yemirilish”dan saqlanaylik. Zero, til va nutqning shakliy ifodasi bo‘lgan yozuv, imlo qoidasi davlat boshqaruvida, taraqqiyotida o‘ta muhim ahamiyat kasb etuvchi dastur hisoblanadi. Shu dasturni mukammal darajada, ustuvorlik jihatlari bilan birgalikda xalqimizga tortiq qilaylik. Bu vazifa o‘zini shu yurt farzandi deb hisoblagan har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir.

 

Oygul KAJANOVA, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi xodimi, jurnalist

 

29.03.2022 461