"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Amaldagi qonunlar ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

    

    O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi va  “Davlat tili haqida”gi Qonunlar  ijrosi yuzasidan Yakkabog' tumani  hokimining maslahatchisi D.Xushvaqtova, tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari tomonidan markaziy ko‘chalardagi tashqi reklama vositalarining holati monitoring qilindi.


O‘rganish natijalariga ko‘ra qonun talablariga mos kelmagan, davlat tilida yozilmagan, eskirib, yirtilgan tashqi reklama vositalari olib tashlandi.

Hududlarda tadbirkorlar bilan suhbatlar olib borilib, amaldagi qonunlar mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda. Targibot tadbirlari davom etadi.                                                                                                                                                                 

13.12.2022 200