"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH – DAVR TALABI


DEHQONOBOD TUMANIDA TASHKIL ETILGAN DAVRA SUHBATI SHUNDAY NOMLANDI



2023-yil 4-yanvar kuni tuman Davlat xizmatlari  agentligida hokim maslahatchisi T.Ergasheva tomonidan agentlik hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi, IIB xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.


Yig‘ilishda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 1-yanvardan tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, barcha tashkilotlarda ish qog‘ozlari, turli blankalar, ish yuritish va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish to‘liq lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosida joriy qilinishi lozimligi, shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasining  2022-yil 7-iyundagi “Reklama to‘g‘risida”gi 776-son Qonuni ijrosi talablari tushuntirib o‘tildi.



04.01.2023 302