"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Ichki ishlar vazirligida “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish – muhim vazifa” mavzusida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi boʻlib oʻtdi

Ichki ishlar vazirligida “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish – muhim vazifa” mavzusida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi boʻlib oʻtdi


IIV Markaziy apparati xodimlari ishtirok etgan tadbirni Ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati boshlig‘i, polkovnik Hamza Maxsumov ochib, so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori, ichki ishlar organlari tizimida ham o‘zbek tilining nufuzini oshirishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilayotganini ta’kidladi., shuningdek, tadbirda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish va ularning ijrosini ta’minlash vazirlik rahbariyati tomonidan nazoratga olingani, bu borada qator huquqiy hujjatlar qabul qilinganini qayd etildi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Inomjon Azimov bugungi kunda ona tilimizning obro‘yini yanada ko‘tarish davlatimiz oldida turgan muhim masalalardan biri ekani, buning uchun yetarlicha sa’y-harakatlar amalga oshirilayotganiga batafsil to‘xtaldi.

Hozirda dunyoning ko‘plab davlatlarida o‘zbek tili o‘rganilayotgani, endilikda ularning sonini yanada oshirish maqsadida ish olib borilayotganini tilga olishdi.

Tadbir doirasida ona tilimiz haqidagi videorolik namoyish etilib, ishtirokchilarning mavzu yuzasidan bergan savollariga soha mutaxassislari atroflicha javob qaytarishdi.

06.02.2024 128