"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Davlat tilida ish yuritilishiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar xodimlari uchun davlat tilida ish yuritish asoslariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.


  

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonov hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi rahbari Inomjon Azizov mamlakatimizda davlat tiliga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, Prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan qonun, qaror, farmon va farmoyishlarning ahamiyatiga to‘xtalib, bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.



Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va tizim tashkilotlarida, oliy va professional ta’lim muassasalarida ish yuritish to‘lig‘icha davlat tilida, lotin yozuvchiga asoslangan o‘zbek alifbosida olib borilmoqda. Bu boradagi amalga oshirilgan ishlar yuqori baholanib, vazirlik 2023-yilda Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil qilingan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovining “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 1-o‘ringa sazovor deb topilgan.

01.04.2024 72