"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du

Yangihayotda qonun ijrosi bo‘yicha yangiliklar ko‘rinmayapti


Shu yilning 9-sentabr kunidan yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirgan bo‘lsa-da, bunga masʼul bo‘lgan idoralar tomonidan deyarli hech qanday amaliy ish qilinmayapti. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi qoshida tashkil qilingan “Til posbonlari” jamoatchilik nazorati guruhi yaqinda Yangihayot tumanida bo‘lib, shunday xulosaga keldi.

Guruh yer usti metrosining bekatlari, bozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish do‘konlari, o‘quv markazlari, xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bo‘lib, qonun talablariga qanchalik amal qilinayotgani bilan tanishdi.

Tashqi reklamalar, peshlavhalarning boshqa tillarda yozilganiga o‘rganib ham qolganmiz. Ularning imloviy xatolar bilan yozilganini ham tushunish mumkin. Lekin yoshlarning bilimini oshirish bilan shug‘ullanuvchi o‘quv markazlari peshlavhalaridagi imloviy xatolarni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi, – deydi partiya Markaziy kengashi bosh mutaxassisi Nodirbek Murodov.

O‘rganishlar davomida do‘kon, o‘quv markazlari, MTT vakillariga “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati, belgilangan javobgarliklar haqida maʼlumotlar berildi. To‘g‘ri va bexato yozish qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

“Til posbonlari” jamoatchilik nazorati guruhi faoliyatini davom ettirmoqda. Keyingi hudud – Sirg‘ali tumani bo‘ladi.

 

01.11.2022 213